Talabalarning dam olish kunlari yaxshi o‘tmoqda

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Dolzarb 90 kun» doirasida sportning eshkak eshish turi bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.

Unda «Sport o‘yinlari» kafedrasi o‘qituvchisi A.Orinbayev tadbir ishtirokchilariga eshkak eshish sportining qoidalari va uning tarixi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Ishtirokchilar ushbu sport turi bo‘yicha ma’lum darajada tushunchaga ega bo‘ldi.
Filial Matbuot xizmati.