Talabalarga ilmiy maqola va tezis yozish o‘rgatildi

«Dolzarb 90 kunlik» doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Ilmiy maqola va tezis yozish tartibi» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda «Jismoniy tarbiya nazariyasi va gumanitar fanlar» kafedrasi mudiri Azizbek Quralboyev yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazayotgan, ilmga qiziquvchi talaba-yoshlarga ilmiy maqola va tezis yozish tartibi haqida tushunchalar berdi.

Ishtirokchilar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.