Ishtirokchilar o‘zlarini bokschilar qatorida ko‘rdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali professor-o‘qituvchisi Pamir Adilshaev «Dolzarb 90 kun» doirasida yoshlarga mahorat darsi o‘tkazdi.

Unda sportning boks turiga qiziquvchi yoshlar sport zaliga jamlandi va u yerda Pomir tomonidan boks sportining sirlari amaliy mashg‘ulotlar bilan namoyish etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar ringga chiqib o‘zlarini ushbu sport turida sinab ko‘rdi va o‘zlarini mashhur bokschilardek his qildi.

Filial Matbuot xizmati.