Filialda sportda ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlari mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

Filial talabalarining yozgi ta’til kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida «Dolzarb 90 kun» doirasida «Yakka kurash va tabiiy fanlar» kafedrasi professor-o‘qituvchisi Ulug‘bek Jarilkapov «Sportda ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlari» mavzusida mahorat darsi o‘tkazdi.

Tadbirda filial professor-o‘qituvchisi U.Jarilkapov ishtirokchilarga har bir sport turining ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlari bo‘yicha tushunchalar berdi va suhbat davomida talabalar o‘zlarining fikr-takliflarini bildirib o‘zaro fikr almashdi.

O‘tkazilgan ushbu tadbirda ishtirokchilar o‘zlariga kerakli ma’lumotga ega bo‘ldi.

Filial Matbuot xizmati.