Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial atrofi obodonlashtirildi

«Obod va fayzli mahalla – yurtimiz ko‘rki» shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali mehnat jamoasi a’zolari ham faol ishtirok etmoqda.

Hashar doirasida filial atrofidagi dalalar yovvoyi o‘tlardan tozalanib, atrofi supurildi, suv sepildi, daraxtlarga shakl berib obodonlashtirish ishlari olib borildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bayrami va yangi o‘quv yili arafasida tashkil etilayotgan umumxalq xayriya hasharida filial atrofida tashkiliy va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Filial Matbuot xizmati.