Filialda umumxalq xayriya hashari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish, atrof-muhitni asrab-avaylash maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab «Obod va fayzli mahalla – yurtimiz ko‘rki» shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya shanbaligi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali mehnat jamoasi tomonidan uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Hasharda o‘quv muassasasi hududlarini yovvoyi o‘tlardan tozalash, tashlandiq chiqindilarni maxsus joylarga chiqarib tashlash, daraxtlarga shakl berish, tuplarini oqlash bilan birga o‘quv binosini yangi o‘quv yiliga tayyorlash ishlari ham qizg‘in olib borilmoqda.

«Obod va fayzli mahalla – yurtimiz ko‘rki» shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari o‘quv muassasasida davom etmoqda.


Filial Matbuot xizmati.