Filialda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bayrami arafasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida «Dolzarb 90 kun» doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimi O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat ramzlari bilan boshlandi.

Tantanali taqdirlash marosimini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari A.Qalbayev kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha ishtirokchilarni qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan samimiy tabrikladi.

Ikki kun davom etgan musobaqada g‘olib bo‘lgan sportchilarga tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan Diplom, kubok, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Taqdirlash marosimi san’atkorlarning konsert dasturi bilan davom etdi.


Filial Matbuot xizmati.