Ishtirokchilar mini futbol tarixi haqida ma’lumotga ega bo‘ldi

«Dolzarb 90 kun» doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Sport o‘yinlari» kafedrasi professor-o‘qituvchisi M.Qutlimuratov tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi.

Mahorat darsida ishtirokchilarga Muhammad Qutlimuratov tomonidan Qoraqalpog‘istonda mini futbolning O‘zbekiston chempionatiga kirib kelish tarixi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Ishtirokchilar tadbir davomida millionlar o‘yini bo‘lgan mini futbol haqida ma’lumotga ega bo‘ldi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

Filial matbuot xizmati.