Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Zakovat

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Kengashining 2025 yilda yoshlarga oid siyosatni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturiga asosan O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi birlashgan qo‘mitasi tomonidan «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Unda madaniyat, sport va turizm sohasi xodimlari orasidan tuzilgan jamoa tarkibida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Yakka kurash va tabiiy fanlar» kafedrasi o‘qituvchisi A.Alimbetova ham ishtirok etdi va o‘yin yakunida 2-o‘rinni egalladi.

Jamoa a’zolarining 2-o‘rinni egallashida filial professor-o‘qituvchisi A.Alimbetova bilimi, chaqqonligi va ziyrakligi bilan o‘zining salmoqli hissasini qo‘shdi.

Filial Matbuot xizmati.