Nurila Osiyo chempionatida 3-o‘rinni egalladi

Joriy yilning 27-31 avgust kunlari Xitoyning Shenyang shahrida sportning akademik eshkak eshish turi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Chempionatda O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Akademik eshkak eshish» mutaxassisligi 2-kurs talabasi Nurila Abdualiyeva ishtirok etdi.

Musobaqa yakunida u to‘rt kishilik toq eshkakli qayiqda faxrli 3-o‘rinni egalladi va tashkilotchilar tomonidan medal, Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.