Talabalar ijara uylarga joylashtirildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Talabalar uyi» yo‘qligi sababli olis hududlardan kelgan talabalar filial rahbariyati tomonidan ro‘yxati shakllantirilgan ijara uylariga joylashtirildi.

Mamlakatimizning olis hududlaridan kelgan talabalar filial ma’muriyati rahbarligida tyutorlar tomonidan ijara shartnomasi asosida tashkillashtirilgan holda ijara uylariga joylashtirilmoqda.

Talabalarning ijara uylarini topishda qiyinchiliksiz joylashishlari uchun olib borilayotgan bunday tashkiliy ishlar uchun talabalar va ularning ota-onalari o‘z minnatdorchiligini bildirmoqda.

Filial Matbuot xizmati.