“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining OTM bosqichi uchun tanlov e’lon qilinadi!

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yurtimizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish maqsadida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovini e’lon qilgan.
Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar joriy yilning 15-oktabr kuniga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.
Tanlovda o‘zining ilmiy-innovatsion ishlanma va loyihalari mavjud bo‘lgan yoshlar (16-25 yosh) ishtirok etadi.
Tanlovda g‘olib deb topilgab ishtirokchilar diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: +99893 715-66-77
Filial Matbuot xizmati.