Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial direktoriga pedagogika fanlari doktori (DSc) diplomi tantanali ravishda topshirildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor Bayrambay Erimbetov yaqinda pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi.

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov filial direktori B.Erimbetovga O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqot instituti ilmiy kengashi qarori bilan tasdiqlangan pedagogika fanlari doktori (DSc) diplomini tantanali ravishda topshirdi.

Filial direktori, professor Erimbetov Bayrambay Karlibayevichni pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi bilan mehnat jamoamiz nomidan samimiy tabriklaymiz va kelgusi ilmiy, uslubiy, jamoat ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Filial Matbuot xizmati.