Qizlar tanlovda o‘zaro bellashdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari o‘rtasida «Ustozim – hayotim chirog‘i» va «Mening hayot falsafam» mavzularida tanlov bo‘lib o‘tdi.

«Ustoz-shogird» dasturini yanada mustahkamlash, pedagoglarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini keng targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida ustoz, shogird qadriyatlariga hurmatni shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan musobaqada ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan belgilangan shartlar bo‘yicha bellashdi.

Tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan g‘oliblar aniqlandi va ular tashkilotchilar tomonidan Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.