Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial psixologi xotin-qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirdi

 

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida ishlovchi texnik xotin-qizlar uchun «Baxt bu men va hayotda borlig‘im» mavzusida motivatsion psixologik trening o‘tkazildi.

Ushbu motivatsion psixologik treningda xotin-qizlarimizning o‘ziga bo‘lgan hurmatini uyg‘otish, kayfiyatini ko‘tarish, ichki his-tuyg‘ularini boshqarish va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishga e’tibor qaratildi.

Tadbirda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi B.Allambergenova va filial psixologi A.Alliyarova turli motivatsion usullardan foydalanib xotin-qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirdi.

Filial Matbuot xizmati.