Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Tozalik oyligi – toza muhit, pok qalb ifodasi!

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari yashil hududni obodonlashtirish ishlariga bel bog‘lashdi. Ular barglarni supurib, daraxtzorlar orasiga tozalik va yangilanish ruhi olib kirishmoqda.

Bu nafaqat hududni poklash, balki tabiatga mehr, jamiyatga mas’uliyat va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan sadoqatdir. Har bir supurilgan barg, har bir tozalangan yo‘lak – kelajakka toza nafas, pokiza atrof-muhit sovg‘asidir.

Tabiatni asraylik – u bizning eng go‘zal merosimiz!

 Filial Matbuot xizmati.