Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial bitiruvchisi Ar-Riyodda chempion bo‘ldi

Hozirgi kunda ko‘pchilik sport muxlislarining e’tibori Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkazilayotgan VI Islom birdamlik o‘yinlariga qaratilgan.

Bu yerda sportning ko‘plab turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, unda mamlakatimiz sport delegatsiyasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumjamoa hisobida medallar jamg‘arish bo‘yicha Turkiyadan keyin ikkinchi o‘rinni egallab kelmoqda.

Quvonarlisi, ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali bitiruvchisi Madiyar Daniyarov boks bo‘yicha -60 kg vaznda ishtirok etdi va oltin medal sohibiga aylandi.

Xususan, bokschimiz chorak finalda liviyalik Muayid Okashaxni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgan bo‘lsa, yarim finalda eronlik Daniyal Shahbaxshni 4:1 hisobida yengib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Chempionlik uchun o‘tkazilishi kerak bo‘lgan final bellashuvida esa ozarbayjonlik Mahammadali Gasimzoda kurashdan bosh tortib, g‘alaba Madiyar Daniyarovga berildi va yurtdoshimiz VI Islom birdamlik o‘yinlari chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.

O‘z navbatida, biz yurtimiz faxri Madiyar Daniyarovni, uning ustozlari va ota-onasini ushbu muvaffaqiyati bilan samimiy tabriklab, kelgusi musobaqalarda chempionlikni qo‘lga kiritaverishiga tilakdoshmiz.

Filial Matbuot xizmati.