Sana munosabati bilan bayram sovg‘alari topshirildi

2020 yil 11 noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining VIII qurultoyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qurultoy ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida 11 noyabrni «Kasaba uyushmalari kuni» deb belgilash taklif etilgan edi.

Sana munosabati bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Azamat Primbetov filial professor-o‘qituvchisi Qirmizi Mambetkasimova bilan birgalikda filialda ishlovchi hozirgi kunda betob bo‘lib uyida davolanayotgan Paraxat Berdimuratovning holidan xabar oldi va unga bayram sovg‘alarini topshirdi.

Ahvolidan xabar olishga kelgan filial mehnat jamoasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va duosini berdi.
Filial Matbuot xizmati.