Direktor – talabalar bilan muzeyga sayohatga bordi

Filial talaba yoshlarining darsdan bo‘sh vaqtlarini maroqli va mazmunli o‘tkazish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori B.Erimbetov, talabalar va tyutor N.Artikbayeva bilan birgalikda Qoraqalpoq davlat universiteti tarkibidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga sayohat qildi.

Filial direktori, tyutor va talabalar sayohat davomida muzey ekskursovodini Rahmon Bo‘ronov tomonidan har bir eksponent bilan yaqindan tanishtirildi. Muzey zallaridan o‘rin olgan har bir eksponant talabalarda katta qiziqish uyg‘otadi. Sayohat davomida talabalar xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir sinovlar, tarixiy voqealar, millat fidoyilarining hayoti va jasoratlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

O‘quv yurti rahbariyati bilan tashkil etilgan ushbu sayohat talabalarda Vatanga muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otdi va tarixiy obidalarga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Filial Matbuot xizmati.