Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial jamoasi «Huquqiy zakovat» intellektual o‘yinida 1-o‘rinni egalladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha vazirlikka qarashli muassasa xodimlari o‘rtasida «Huquqiy zakovat» intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Unda Nukus shahridagi sport maktablari qatorida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali professor-o‘qituvchilari orasidan tuzilgan jamoa ishtirok etdi.

O‘zaro bilimlarini sinovdan o‘tkazgan intellektual o‘yin yakunida 1-o‘rinni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali, 2-o‘rinni Sport vazirligi va 3-o‘rinni Nukus Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoalari egalladi.

G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan Diplom bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.