Tyutorlar mutaxassislar bilan ijaradagi talabalarning ahvolini o‘rgandi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali tyutorlari kuz-qish mavsumini xavfsiz va zararsiz o‘tkazish, talabalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi ijara shartnomasi asosida ijara uylarida yashayotgan talabalar uylarining qozonxonalari va mo‘rilarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida soha mutaxassislari tyutorlar bilan hamkorlikda ijarada yashovchi talabalarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish kerakligi haqida tushuntirish ishlarini olib bordi.

Agar xonada gaz hidini sezsa yoki yong‘in sodir bo‘lsa birinchi bo‘lib nima qilishi va qanday harakat qilishi kerakligi haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Filial Matbuot xizmati.