Ishtirokchilar filial birinchiligi uchun bellashdi

Talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini maroqli va mazmunli o‘tkazish maqsadida filial tyutorlari talabalar o‘rtasida sportning stol tennisi turidan filial birinchiligi o‘tkazildi.

Musobaqada filialda tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi va birinchilik uchun o‘zaro bellashuvlar olib bordi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tkazilgan musobaqa yakunida g‘oliblar aniqlandi va ular tashkilotchilar tomonidan Diplom bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.