Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

22-noyabr – Xalqaro psixologlar kuni

Sana munosabati bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan shahrimizdagi Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus sport mahorati maktabida tadbir tashkil etildi. Tadbirda Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus sport mahorati maktabi mehnat jamoasi a’zolari va sportchi yoshlar ishtirok etdi.

Unda filial professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan turli psixologik treninglar, amaliy mashg‘ulotlar, qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi. Ushbu o‘yinlar orqali yoshlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, bir-birini tushunish kabi fazilatlar yanada shakllantirildi.

Tadbirda faol ishtirok etganlar tashkilotchilar tomonidan Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.