Talabalarning eng yaxshi ilmiy maqolalari aniqlandi

Talabalarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularni erkin fikrlashga, izlanishga va tanqidiy tahlil qilishga o‘rgatish, shuningdek, eng bilimli va zukko talabalarni aniqlash maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Eng yaxshi ilmiy maqolalar» tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda talabalar o‘zlarining ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdi. Filial talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovga kelib tushgan ilmiy maqolalar ishtirokchilarni saralash uchun tuzilgan tashkiliy qo‘mita va maxsus komissiya tarkibi tomonidan ko‘rib chiqildi.

Tanlov yakunida g‘olib talabalar aniqlandi.

Filial Matbuot xizmati.