Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Tadbirkor talabalar bilan uchrashdi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Tadbirkor va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tadbirkor Azamat Kaypanov talabalarga biznesni boshlashda birinchi navbatda nimalarga e’tibor berish kerakligi, biznes reja qanday tuziladi, unda nimalarga e’tibor beriladi, obyekt qanday tanlanadi, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish yo‘llari haqida tushunchalar berdi.

Talabalar tadbirkorning erishgan yutuqlarini eshitib o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.