25 noyabr – «Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish» kuni

Bugun 27 noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida 25 noyabr – «Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish» kuni munosabati bilan talaba-qizlar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda filial direktorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.Allambergenova, psixolog A.Alliyarova, xotin-qizlar kengashi a’zosi K.Tajibayevalar talaba-qizlarga bu kunning ma’nosi va ahamiyati, hozirgi kunda xotin-qizlarga bo‘layotgan zo‘ravonlik turlari, uning oldini olish choralari, huquqiy va siyosiy choralar haqida tushuncha berdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbir davomida talaba-qizlarga stikerlar, ramziy lentalar taqildi va ular orasida chellenj o‘tkazildi.

Filial Matbuot xizmati.