Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalar huquqiy bilimlarini sinovdan o‘tkazdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bag‘ishlangan olimpiada test sinovlari» o‘tkazildi.

Talabalarning huquqiy savodxonlik darajasini aniqlaydigan olimpiada test sinovlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi yuriskonsulti D.Tureev, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i M.Ramazanov va boshqalar so‘zga chiqib, ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tiladi.

Talabalarning huquqiy madaniyatini oshirish, konstitutsiyaviy bilimlarini mustahkamlash va ularni ijtimoiy faollikka undash maqsadida Ziyrak talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan olimpiada test sinovlarida filial talaba-yoshlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan olimpiada test sinovlarida ishtirokchilar o‘zlarining huquqiy bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Filial Matbuot xizmati.