Filialga Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi saylandi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi sayloviga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari G‘.Xo‘jametov kirish so‘zi bilan ochdi va boshqarib bordi.

So‘ngra O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi birlashgan qo‘mitasi raisi Jenisbay Ayapov so‘zga chiqib, avvalgi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Azamat Primbetovning boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘rniga boshqa shaxsni tasdiqlash kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Shundan so‘ng Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga nomzodlarning nomzodi taqdim etildi va ochiq ovoz berish yo‘li bilan Saparniyazov Sansizbay Qadirniyazovichning nomzodi filial mehnat jamoasi tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.


Filial Matbuot xizmati.