Talabalarga seminar-trening o‘tkazdi

Filial psixologi A.Alliyarova talabalar o‘rtasida ijtimoiy-ruhiy muhit barqarorligiga erishish, o‘zaro muloqot madaniyati, o‘zini tutish odobi, ijtimoiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishga yo‘naltirilgan seminar-trening o‘tkazdi.

Unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi va turli interfaol usullar bilan o‘zlaridagi bor fazilatlarni bilib oldi.

Seminar-trening psixologik usulda o‘tkazilganligi bilan talabalarda yaxshi taassurotlar qoldirdi.

Filial Matbuot xizmati.