G‘olib jamoa kubok va Diplom bilan taqdirlandi

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular o‘rtasida kompyuter dasturlash, robototexnika va kompyuter sporti (kibersport) ni ommalashtirish maqsadida guruhlar o‘rtasida direktor kubogi uchun musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqaga filial talabalari orasidan o‘zaro jamoalar tuzildi va ular direktor kubogi uchun bellashuv olib bordi.

Bir-biridan qiziqarli va mazmunli o‘tgan musobaqa yakunida 0124 guruhi talabalari g‘olib bo‘ldi va ular kubok, Diplom bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.