Talabalar muzeyga sayohatga bordi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari Axborot resurs markazi rahbari K.Toreshova rahbarligida Qoraqalpoq davlat universiteti tarkibidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga sayohat qildi.

Muzey zallaridan o‘rin olgan har bir eksponant talabalarda katta qiziqish uyg‘otadi. Sayohat davomida talabalar xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir sinovlar, tarixiy voqealar, millat fidoyilarining hayoti va jasoratlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Tashkil etilgan ushbu sayohat talabalarda Vatanga muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otdi va tarixiy yodgorliklarga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Filial Matbuot xizmati.