Sana munosabati bilan ochiq chempionat o‘tkazildi

3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan sportning para badminton turidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali ochiq chempionati o‘tkazildi.

Ochiq chempionatda filialda tahsil olayotgan nogironligi bo‘lgan talabalar ishtirok etdi.

Sana munosabati bilan o‘tkazilgan ochiq chempionat yakunida g‘oliblar aniqlandi. Ular tashkilotchilar tomonidan medal, Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.