Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Jamoa a’zolari tantanali ravishda kutib olindi

Toshkent shahrida flag futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan terma jamoa a’zolari o‘zaro bellashdi.

Qoraqalpog‘iston terma jamoasi tarkibida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari ham ishtirok etdi. Bir-biridan qiziqarli o‘tgan musobaqada qoraqalpog‘istonlik sportchilar 1-o‘rinni egalladi.

Terma jamoa a’zolarining 1-o‘rinni egallashida filial talaba-qizlarining ham salmoqli hissasi bor.

Bugun Nukus temir yo‘l vokzalida jamoa a’zolari fe’l mehnat jamoasi tomonidan tantanali ravishda kutib olindi va ularni erishgan yutuqlari bilan samimiy tabrikladi.

Filial Matbuot xizmati.