Filialda «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida 9-dekabr «Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni» va «Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi» doirasida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazildi.

Tadbirni filial direktori, professor Bayrambay Erimbetov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i B.Matmuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi sektor boshlig‘i N.Berdiniyazova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasi prokuror yordamchisi A.Jumanazarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi Yuristkonsulti E.Tegoriyevlar mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish doirasida qabul qilingan huquqiy normalar haqida tadbir ishtirokchilariga keng tushunchalar berdi.

Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik va ochiqlik tamoyillarini targ‘ib qilish, jamiyatda qonuniylik va adolat muhitini mustahkamlash yo‘lidagi samarali faoliyati uchun professor-o‘qituvchilardan Islom Abdullayev, Ko‘pbergen Razaqov, Ulbosin Kalilayeva, Dilnur Astanqulova hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va «Komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi mutaxassisi Manzura Maxammatdinovlar filial tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.