Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialda «Direktor va yoshlar» uchrashuvi bo‘ldi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor B.Erimbetov bilan filial talabalari o‘rtasida «Direktor va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda filial direktori, professor B.Erimbetov yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati va uning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, filialda talabalar ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, hozirda qilinayotgan ishlar va kelgusida qilinishi rejalashtirilayotgan rejalar haqida ma’lumotlar berdi. Uchrashuv davomida filial direktori B.Erimbetov doimo talabalarning yaxshi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini, ta’limni sifatli davom ettirishini va ijtimoiy yordamga muhtoj talabalarga yordam berib borishini ta’kidladi.

Filial talabalari bilan yanada yaqin bo‘lish, ularning muammolarini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi va o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdi.

Filial Matbuot xizmati.