Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial talabalari musobaqada faxrli o‘rinlarni egalladi

Joriy yilning 12-14 dekabr kunlari Toshkent shahrida sportning karate WKF turi bo‘yicha yoshlar, kattalar va parakarate bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu chempionatda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari ham ishtirok etdi.

Musobaqa yakunida 60 kg vaznda Rozmetov Samandar, 50 kg vaznda Maulenbergenova Umida, 68 kg vaznda Esemuratova Alfiya, jamoaviy bellashuvda Pirnazarov Miyirbek, Orinbayev Orazbek, Pardaboyev Sardor, Aydarbekova Hurliman, Pirjanova Azizalar 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Muxtarov Semurg‘ jamoaviy bellashuv kata yo‘nalishida 3-o‘rinni egalladi.

Sportchilarni musobaqaga murabbiylardan Sapar Kalenderov, Bahodir Bekniyazov, Ruslan Meretov va Jayhun Ametovlar tayyorladi.

Filial Matbuot xizmati.