Farmon va uning ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 noyabr kuni «Aholi salomatligini va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-207-sonli Farmoni qabul qilingan edi.
Ushbu farmon asosida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari filial yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi, profilaktika inspektori va tyutorlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish tergov qamoqxonasida bo‘ldi.
Talabalarga har qanday bilib bilmay qilingan jinoyatga jazo borligi haqida tushunchalar berildi.
Filial Matbuot xizmati.