Filialda Yangi yil bayrami kechasi bo‘lib o‘tdi

Tantanali bayram kechasini filial direktorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Gulmurat Xo‘jametov kirish so‘zi bilan ochib berdi va barchani bayram bilan tabrikladi.

So‘ng yil davomida jamoat ishlarida faol ishtirok etgan talabalarga tashakkurnomalar hamda filial mehnat jamoasi a’zolariga filial kasaba uyushmasi tomonidan Yangi yil sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Bayram filial talabalari va madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.

Filial Matbuot xizmati.