Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial professor-o‘qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 5-dekabrdagi 479-sonli buyrug‘ining tegishli bandlarini bajarish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida seminar-trening tashkil etildi.

Tashkil etilgan seminar-treningda direktor o‘rinbosarlari, Registrator ofisi boshlig‘i, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Seminar davomida kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar fan dasturlari bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdi.

Mazkur seminar-treninglar davomida Top-300 reytingiga kiruvchi yetakchi oliy ta’lim tashkilotlarida qo‘llanilayotgan ta’lim dasturlarining tuzilmasi, o‘quv natijalariga asoslangan rejalashtirish, kompetensiyaviy va modulli yondashuv, fan sillabuslarini xalqaro standartlarga moslashtirish va baholash mezonlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar jarayonida fanlarning amaldagi o‘quv dasturlari xalqaro tajriba asosida tahlil qilinib, ularni takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Seminar-trening yakunida professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘qitilayotgan fanlarning o‘quv dasturlarini TOP-300 oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari asosida qayta ko‘rib chiqish, sillabuslarni yangilash va ularni o‘quv jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Filial Matbuot xizmati.