Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalarga kuzgi yakuniy baholash imtihonlari boshlandi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida tahsil olayotgan talabalar kuzgi yakuniy baholash imtihonlarini topshirmoqda.

 

Imtihonlarning ochiq va oshkoralik tamoyillari asosida adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida imtihon jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri filialning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida uzatib borilmoqda.

Bundan tashqari, imtihon jarayonini filialdagi mas’ul mutaxassislar tomonidan doimiy ravishda nazorat qilish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, o‘z vaqtida filial rahbarlari yakuniy imtihonlariga mas’ullarga ochiqlik va shaffoflik qoidalariga amal qilib, korrupsion holatlarning oldini olish va ularga umuman yo‘l qo‘ymasliklari kerakligi haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Filial Matbuot xizmati.