TALABALAR DIQQATIGA!

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida yashirin iqtisodiyot, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida 2022 yil 2 fevraldan boshlab «Korrupsiyaga qarshi kurashish va «komplayens» nazorati tizimini boshqarish» bo‘limi o‘z faoliyatini boshlagan edi.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filialining https://t.me/antikor_uzdjtsunf telegram kanali orqali korrupsiyaga oid holatlar bilan yaqindan tanishib borishingiz mumkin.
Bundan tashqari Sizdan rahbariyat va professor-o‘qituvchilar har xil tamagirlik yo‘li bilan pora talab qilgan holatda filialning «Korrupsiyaga qarshi kurashish va «komplayens» nazorati tizimini boshqarish» bo‘limi tomonidan tashkil etilgan @Antikor_uzdjtsunf_bot ga murojaat qilishingiz mumkin.
Filial Matbuot xizmati.