Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalar harbiylar hayoti bilan tanishdi va ular bilan sport musobaqalari o‘tkazdi

Sana munosabati bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Vatanni mardlar himoya qiladi» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatiga Nukus Shimoliy-G‘arbiy harbiy okrugi harbiy bo‘limi leytenantlari filial talabalariga askarlarning hayoti, yurtimiz mustaqilligining o‘zi bebaho boylik ekanligi, Vatanimiz sarhadlarining daxlsizligini ta’minlash yo‘nalishida askarlarning tinimsiz mehnatlari haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Davra suhbati davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Shuningdek, sana munosabati bilan filial talabalari Shimoliy-G‘arbiy harbiy okrugi Nukus garnizoni askarlari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.

Filial Matbuot xizmati.