Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalar harbiylar bilan uchrashdi

Talaba-yoshlarni ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda haqiqiy mardlik tuyg‘ularini uyg‘otish maqsadida Shimoli-G‘arbiy harbiy okrugi leytenant va oddiy askarlari ishtirokida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Vatanparvarlikni haqiqiy e’tiqodga aylantiraylik» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugidan kelgan leytenant va oddiy askarlar talabalarga ona-Vatan, yurtimiz mustaqilligi, uning har bir qarich yerini himoya qilishda har bir yigitning muqaddas burchi ekanligini va bu ish qanchalik mashaqqatli va sharafli kasb ekanligini alohida ta’kidladi.

Tadbir ishtirokchilari tashrif buyurgan mehmonlardan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.