Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Soha mutaxassislari talaba qizlar bilan suhbatlashdi

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdidlarga qarshi kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash maqsadida filialda «Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi X.Ibragimova va O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi Nukus shahar bosh mutaxassisi X.Nezamatovlar talaba qizlarga turli diniy oqimlardan uzoq bo‘lishlari kerakligi, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targ‘ibot ishlarini tashkil etishning strategik yo‘nalishlari, ta’sirchan, kreativ va innovatsion usullarini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha suhbatlashdi.

Tadbirda ishtirokchilar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.