Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Xush xabar

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining 5 nafar talabasi Prezident va nomdor davlat stipendiyalari tanlovining g‘olibi bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-2026 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risidagi buyrug‘i asosida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining 5 nafar talabasi davlat stipendiyalari tanlovi g‘olibi deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi g‘olibi:

Akmanova Durdona Allayar qizi – «Velosport» ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi;

Ilmiy rahbar «Yakkakurash sport turlari nazariyasi va metodikasi» kafedrasi mudiri, professor p.f.n. (PhD) Toyliboyev Sulton Muxidovich.

Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi g‘olibi:

Daryabayeva Aynura Joldasbay qizi – «Qo‘l to‘pi» ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi;

Ilmiy rahbar «Sport o‘yinlari nazariyasi va metodikasi» kafedrasi dotsenti Urazbayev Nurbek Jalgasbay o‘g‘li.

Ibroyim Yusupov nomidagi davlat stipendiyasi g‘olibi:

Baxauatdinova Nargiza Alliyar qizi – «Badiiy gimnastika» ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi;

Ilmiy rahbar «Ta’lim sifatini ta’minlash» bo‘limi boshlig‘i, «Koordinatsion va siklik sport turlari nazariyasi va metodikasi» kafedrasi v.v.b. professor, b.i.f.d. (PhD) Ramazanov Medetbay Baxitbaevich.

To‘lepbergen Qayipbergenov nomidagi davlat stipendiyasi g‘olibi:

Xo‘jambergenova Muyassar Bakbergen qizi – «Badiiy gimnastika» ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi;

Ilmiy rahbar «Koordinatsion va siklik sport turlari nazariyasi va metodikasi» kafedrasi dotsenti Djumaniyazova Tamara Adambaevna.

Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasi g‘olibi:

Paraxatova Aynura Tengelbay qizi – «Badiiy gimnastika» ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi.

Ilmiy rahbar filial ilmiy kengashi kotibi, «Jismoniy tarbiya nazariyasi, gumanitar va tabiiy fanlar» kafedrasi dotsenti v.b.

Davlat stipendiyalari tanlovining g‘oliblari bo‘lgan filialimiz talabalarini tabriklaymiz va kelgusi o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarida ulkan natijalarga erishib yurishlarini tilaymiz.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabalar rektor tomonidan tasdiqlangan sertifikat va bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, mashhur davlat stipendiyalari tanlovlarida qatnashib, g‘olib bo‘la olmagan talabalar ham sertifikat va bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Filial Matbuot xizmati.