Filial mutaxassislari o‘zaro kitob o‘qib bellashdi

Mutaxassislarni kitob o‘qishga qiziqtirish, ular o‘rtasida doimiy kitob mutolaasi madaniyatini shakllantirish, fikrlash doirasini kengaytirish maqsadida bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Yilning eng kitobxon mutaxassisi» tanlovining filial bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan tanlovda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Axborot resurs markazi mutaxassislari belgilangan shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Ishtirokchilar har bir shart bo‘yicha hakamlar tomonidan baholab borildi.

Tanlov yakunida g‘oliblar aniqlandi va tashkilotchilar tomonidan Diplom bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.