Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialda xalqaro hamkorlik kengaymoqda

 

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Yakka kurash sport turlari nazariyasi va metodikasi» kafedrasi boshlig‘i p.f.n. (PhD), professor S.Toylibayev Vengriyadagi Karoli Gaspar nomidagi universiteti bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish maqsadida videomuloqot o‘tkazdi.

Videomuloqotda Lakatosne dr. Nemes Sarolta va Irina Szocs xonimlar ishtirok etib, hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar olib bordi.

Unda qonunchiligimiz doirasidagi har tomonlama hamkorliklar, xususan, ta’lim va ilmiy faoliyat sohasidagi har qanday loyihalarni (ilmiy maqolalarni birgalikda chop etish, grant loyihalarini, Startaplarni tayyorlash kabi) xalqaro aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish, akademik almashuvlar, stajirovkalar va boshqa loyihalar muhokama qilindi.

Filial Matbuot xizmati.