Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalar o‘rtasida «Giyohvandlikka qarshiman» mavzusida rasm chizish tanlovi o‘tkazildi

Filial tyutori Q.Niyetbayev o‘ziga biriktirilgan talabalarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli va mazmunli o‘tkazish maqsadida Axborot resurs-markazi boshlig‘i K.To‘reshova bilan birgalikda ular o‘rtasida «Besh muhim tashabbus» doirasida «Giyohvandlikka qarshiman» mavzusida rasm chizish tanlovini o‘tkazdi.

Ishtirokchilar tanlovda giyohvand moddalarning inson salomatligi uchun salbiy ta’siri va uning salbiy oqibatlari, giyohvand moddalarni qabul qilgan jamiyat bilan sog‘lom turmush tarziga amal qilgan jamiyatning farqini o‘z rasmlarida aks ettirib berdi.

Tanlov yakunida g‘oliblar aniqlandi va ular filial direktori tomonidan Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

 

Filial Matbuot xizmati.