Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalarga giyohvand moddalarning salbiy ta’siri tushuntirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 noyabr kuni «Aholi salomatligini va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatchilikdan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-207-sonli Farmoni qabul qilingan edi.

Ushbu farmon asosida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Biz giyohvandlikka qarshimiz» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda filial profilaktika inspektori, kapitan R.Ismaylov talaba-yoshlarga giyohvand moddalarning inson salomatligiga salbiy ta’siri, tarqalish yo‘llari, uning oldini olish borasida hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar va bu yo‘lga kirib qolgan shaxslarga nisbatan ko‘riladigan jazo choralari haqida so‘zlab berdi.

Filial Matbuot xizmati.