Xotin-qizlar o‘rtasida sportning shaxmat-shashka turidan musobaqa bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida shaxmat-shashka sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Filial direktorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ulbosin Kalillayeva tomonidan tashkil etilgan musobaqada professor-o‘qituvchilar shaxmat-shashka sport musobaqasida o‘zaro bellashdi.
Qiziqarli va mazmunli o‘tgan musobaqa yakunida g‘oliblar aniqlandi va ular Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.